Viloyatlar bo'ylab uchrashuv va seminarlar tashkil etildi

Markazimiz hodimlari, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va Yoshlar Ittifoqi tashkiloti bilan birgalikda 28-fevral' kuni Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida, 4-mart kuni Jizzax viloyatida, 14 va 15 -mart kunlari Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, 27-mart kuni Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda markaz xaqida ma'lumotlar, markaz tarixi, markazda o‘qish jarayonlari, o‘quv dasturi va Koreyaga ishga ketish tartibi xaqida kerakli ma'lumotlar berildi. Shu bilan bir qatorda fuqarolarni qizqtirgan savollarga javob berildi.